Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Ronalduning Saudiyadagi davri tugamoqda: Liga uni qo‘yib yuborishga tayyor

Ronalduning Saudiyadagi davri tugamoqda: Liga uni qo‘yib yuborishga tayyor

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin. Bu haqda «The i Paper» nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya ligasi rahbariyati 41 yoshli Ronalduga joriy mavsum yakunlanganidan keyin «An-Nasr»ni tark etishiga ruxsat berishga tayyor. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik yulduzning o‘rniga Saudiya Arabistoniga «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh va «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni olib kelish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu transfer kampaniyasidan noroziligi sababli «An-Nasr» safida maydonga tushishdan bosh tortgan edi. Portugaliyalik forvard o‘z jamoasining oxirgi ikkita o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 23:50 08.02.2026. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!