Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu va Messi nega faoliyatini yakunlamayapti?

Ronaldu va Messi nega faoliyatini yakunlamayapti?

Ispaniya terma jamoasi sobiq forvardi Alvaro Negredo Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida fikr bildirib, ular faoliyatini cho‘qqida yakunlash istagida ekanini ta’kidladi.

Negredoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilik faoliyatini yakunlash har doim og‘ir kechadi, ayniqsa, bunday darajadagi futbolchilarga. Negredoning ta’kidlashicha, Ronaldu ham, Messi ham fenomenal ko‘rsatkichlarga erishgan, ammo g‘alaba qozonish va eng yaxshi bo‘lib qolish istagi ularni o‘yinlarni davom ettirishga undamoqda.

- Faoliyatni tugatish har doim ham oson emas. Ronaldu ham Messi kabi aql bovar qilmaydigan darajada ko‘p gol urdi. Yakuniy nuqtani qo‘yish uchun eng yaxshi variant - sovrin yutish. Krishtianuning fe’l-atvorini bilgan holda, u o‘zining so‘nggi so‘zini aytdi deb o‘ylamayman," - deya ispaniyalikning so‘zlarini keltiradi Goal.

Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida, Messi esa MLSning "Inter Mayami" klubida to‘p tepmoqda.

Kiritildi: 19:07 20.12.2025. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!