«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubni tark etishi ehtimoli kam. OAVda tarqalgan xabarlarga qaramay, portugaliyalik futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirmoqchi.
41 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi. Avvalroq uning erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Al Nassr Zone nashrining 365Scores Arabic manbasiga tayanib xabar berishicha, Ronaldu boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmayapti va faoliyatini «An-Nasr»da yakunlashni istamoqda.
Taxminlarga ko‘ra, yaqin orada hujumchi klub rahbarlari bilan uchrashib, kelgusi rejalar va shartnomani yana bir yilga uzaytirish masalasini muhokama qiladi.