Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu sabab «An-Nasr» direktori ishdan ketdi

Ronaldu sabab «An-Nasr» direktori ishdan ketdi

Krishtianu Ronalduning «boykoti» izsiz ketmagan ko‘rinadi. «Arriyadiyah» nashriga ma’lum bo‘lishicha, Muhammad al-Skit «An-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste’foga chiqqan. Funksioner o‘z qarorini tafsilotlarga to‘xtalmagan holda «shaxsiy sabablar» bilan izohladi.

Bundan oldin «An-Nasr»da Ronalduga yaqin bo‘lgan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simau Koutinyuning vakolatlari tiklangani haqida xabar berilgan edi. Yulduz hujumchi go‘yoki klubdan ichki muammolarni tuzatish bo‘yicha va’dalar olgan.

Qayd etilishicha, «An-Nasr» boshqaruv tuzilmasidagi o‘zgarishlar davom etadi. Jamoa hozirda Saudiya Arabistoni Pro-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 23:13 10.02.2026. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!