«PSJ»ning gruziyalik hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya og‘ir jarohatidan keyin Krishtianu Ronaldudan ruhiy dalda oldi. «An-Nasr» yulduzi futbolchiga ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, uni qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikka chaqirdi.
«Futbolchi uchun eng og‘ir sinovlar ba’zan muxlislar ko‘zidan panada kechadi. Bu qanday his ekanini yaxshi bilaman, Kvara. Seni shu darajaga yetkazgan fazilatlaringni unutma. Hozirgi qiyinchiliklar o‘z kuchingga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmasin. Ichingdagi olovni asra, chunki eng yaxshi kunlaring hali oldinda», — deya yozdi portugaliyalik futbolchi.
Kvarasxeliya Chempionlar ligasida «Barselona»ga qarshi kechgan va parijliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda jiddiy jarohat olgan edi.
Tibbiy tekshiruvlarda uning o‘ng tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lam uzilgani aniqlandi. «PSJ» futbolchini jarrohlik amaliyoti kutayotganini ma’lum qilgan.