Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Ronaldu navbatdagi o‘yinda maydonga tushishga qaror qildi

Ronaldu navbatdagi o‘yinda maydonga tushishga qaror qildi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda jamoasiga yordam beradi.

41 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida klubining avvalgi ikki bahsida maydonga tushmagan edi. Biroq hozir u yakuniy qarorini qabul qilib, jamoa safida yana o‘ynashga tayyor. Jurnalist Fabritsio Romano xabar berishicha, yulduzli portugaliyalik shanba kuni «Al-Fatex»ga qarshi o‘yinda qatnashishi kutilmoqda. «Al-Nasr» futbolchilari allaqachon uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Al-Hasaga yetib borgan.

O‘yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Hozirda «Al-Nasr» Saudiya ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: Bugun 08:08. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!