Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Ronaldu isyoni tugadimi?

Ronaldu isyoni tugadimi?

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub safida mashg‘ulotlarga qayta qaytdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi. Avvalroq portugaliyalik futbolchi mavsumda ilk bor Saudiya chempionatidagi uchrashuvdan o‘tkazib yuborgan edi. 20-turda klub o‘z yetakchisisiz «Ar-Riyad»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Habarlarga ko‘ra, Ronaldu 20-tur uchrashuvini boykot qilishga qaror qilgan, chunki u transfer siyosatiga rozi bo‘lmagan. Futbolchining fikriga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Davlat investisiya fondi, bu fond «An-Nasr», «Al-Ittihod», «Al-Hilol» va «An-Axli» klublariga egalik qiladi, adolatli raqobatga to‘sqinlik qiladi.

Kiritildi: 23:41 04.02.2026. O'qildi: 180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!