Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ronaldu ikki hafta ichida yakuniy qarorni qabul qiladi

Ronaldu ikki hafta ichida yakuniy qarorni qabul qiladi

Krishtianu Ronalduning "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi. Kuni kecha portugaliyalik futbolchi klubni tark etishiga ishora qildi, ammo "An-Nasr" ichidagi manbalar nashrda Ronaldu xayrlashmaganini ta’kidlamoqda. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, "An-Nasr" va Krishtianu hamon yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda. 40 yoshli forvard yaqin ikki hafta ichida bir qarorga kelishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonining ba’zi nufuzli shaxslari "Al-Hilol"ni Ronaldu bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashga - klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish muddatiga moslashtirmoqda. Ammo Krishtianu bunday variantga ochiq yoki ochiq emasligi oxirigacha aniq emas.

Kiritildi: 19:06 28.05.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!