Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi (foto)

Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi (foto)

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga Ginnesning rekordlar kitobi sertifikati topshirildi. 40 yoshli to‘purar terma jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda rekord darajada g‘alaba qozongani uchun taqdirlandi.

Portugaliya terma jamoasi libosida tajribali to‘purar 132 ta g‘alabani nishonlashga ulgurgan. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Serxio Ramosni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Daniya terma jamoasini mag‘lub etib, Millatlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Nufuzli turnirning final yo‘llanmasi uchun Ronaldu va uning jamoadoshlari Germaniya bilan kuch sinashadi. Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs iyun oyi boshida bo‘lib o‘tadi.

Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi (foto)

Kiritildi: 13:27 25.03.2025. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!