Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ronaldu Diogu Jotaning dafn marosimida nega ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi

Ronaldu Diogu Jotaning dafn marosimida nega ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi

Portugaliyalik yulduz futbolchi Krishtianu Ronalduning vatandoshi — “Liverpul” hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning dafn marosimida ishtirok etmagani mamlakat jamoatchiligida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Marhum futbolchilar 3 iyul kuni Ispaniyaning g‘arbiy hududidagi Samora provinsiyasida yuz bergan avtohalokat oqibatida vafot etgan edi. 28 yoshli Diogu Jota “Liverpul” hamda Portugaliya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri edi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, portugaliyaliklar Ronalduning marosimda qatnashishi muqarrar deb hisoblagan. Ularning fikricha, terma jamoa sardori sifatida futbolchi vatandoshlariga hurmat yuzasidan dafn marosimiga borishi kerak edi. Biroq Mayorka matbuotining yozishicha, 40 yoshli hujumchi o‘sha vaqtda o‘zining 88 futli “Azimut Grande” yaxtasida, orolning ikki mashhur hududida hordiq chiqarayotgani kuzatilgan.

Portugaliyalik jurnalist Antoniu Ribeyru Krishtovaun bu borada quyidagicha izoh berdi:

U — terma jamoa sardori. Ko‘pchilik uni marosimda ko‘ramiz, deb o‘ylagan edi.

Portugaliyaning A Bola nashriga ko‘ra, futbolchi ommaviy e’tibordan qochish maqsadida dafn marosimida ishtirok etmaslikka qaror qilgan. Nashr manbalariga ko‘ra, Ronaldu marhum futbolchining oila a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib turgan.

Jotaning dafn marosimida bir qator mashhur futbolchilar, jumladan Bernardu Silva, Diogu Dalot, Fabinyo hamda boshqalar ishtirok etgan. Ayrimlar, xususan Joau Kanselu va Ruben Neves, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlagach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShdan uchib kelgan.

Kiritildi: 20:47 06.07.2025. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!