Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Ronaldu Braziliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin

Ronaldu Braziliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin

Krishtianu Ronalduning kelajagi hamon muhokama qilinmoqda. Mish-mishlar alangasiga "An-Nasr"ni tark etishiga ishora qilgan 40 yoshli futbolchining o‘zi moy sepdi.

Jurnalist Xorxe Nikola o‘zining YouTube'dagi kanalida Ronaldu "Botafogo"dan taklif olgani haqida ma’lumot berdi. Taklif Jon Tekstorning Eagle Football xoldingidagi hamkori bo‘lish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Nikola, shuningdek, Krishtianu "Botafogo" taklifiga hali javob bermaganini ta’kidladi.

Aytish kerakki, "Botafogo" iyun oyida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Avvalroq, Ronalduning ushbu turnirda ishtirok etish istagi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 12:55 28.05.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!