Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Ronaldu Benzemaning transferiga qarshi chiqmoqda

Ronaldu Benzemaning transferiga qarshi chiqmoqda

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Karim Benzemaning "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol"ga o‘tishi mumkinligidan norozi. Fransuz futbolchisi klubning yangi shartnoma taklifidan "haqoratlangan" va ketishga qaror qilgan.

Mahalliy raqib "Al-Hilol" 38 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Jurnalist Yagiz Sabunjuo‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu bu harakatga qarshi, chunki bu Saudiya Arabistoni ligasida adolatli raqobatga putur yetkazadi deb hisoblaydi.

Avvalroq, Krishtianu liganing eng yaxshi klublarini boshqaradigan Saudiya Arabistoni davlat investisiya fondidan noroziligi sababli bo‘lajak o‘yinda maydonga tushishni istamagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!