Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasidagi o‘yinlari uchun o‘ta katta maosh olayotganiga qaramay, yana yangi biznes ochdi.
Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli futbolchisi yangi avlod raqamli, shaxsiylashtirilgan sog‘liq va farovonlik operasion tizimi Pro2col Software faoliyati uchun 7,5 million dollar sarmoya kiritdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, futbolchi mazkur texnologiyaga egalik qiluvchi Herbalife kompaniyasining HBL Pro2col Software nomli sho‘’ba korxonasi aksiyalarining 10 foizini sotib olgan.
Xabar qilinishicha, Pro2col tizimi Herbalife distribyutorlariga mijozlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlashni yaxshilaydigan instrumentlar hamda tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi.
Bu esa shaxsiylashtirilgan ovqatlanish va sog‘lomlashtirish xizmatlarini yanada ommalashtirish va keng ko‘lamda joriy etish imkonini beradi.
Krishtianu Ronaldu Herbalife bilan 2013 yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda.