Braziliya futboli afsonasi Ronaldoning fikricha, Yevropa Chempionlar ligasi finalida «Inter» g‘alaba qozonadi.
Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasi finali Toshkent vaqti bilan 1 iyunga o‘tar kechasi Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Unda «PSJ» va «Inter» klublari to‘qnash keladi.
«Menimcha, «Inter» g‘alaba qozonadi, bu mening muxlis sifatida fikrim. Klub bilan juda yaxshi aloqadaman. U yerda muhim onlarimni o‘tkazganman, shuning uchun jamoaning natijalariga befarq emasman. To‘g‘risi, «Inter» yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishini xohlayman», — deydi Ronaldo.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldo futbolchilik faoliyati davomida «Kruzeyro», PSV, «Barselona», «Inter», «Real», «Milan» va «Korintians» kabi jamoalarda o‘ynagan. 2011 yilda butsalarini mixga ilgan. Braziliyalik forvard karerasi davomida 735 o‘yinda maydonga tushib, 512ta gol urgan.