Italiya chempionatining safar o‘yinida "Roma" Turinning "Yuventus" klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Rim jamoasi ustozi Jan Pyero Gasperini o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz raqib darvozasi oldida ko‘proq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi. Jamoaning boshqa futbolchilari hujumkor o‘yinchilarga ko‘proq yordam berishlari kerak. Bizga bunday kuchli raqibga qarshi turish oson bo‘lmadi, buning ustiga bizda bir nechta muhim o‘yinchilar yo‘q edi. Bu muvaffaqiyatsizlikdan saboq olishimiz kerak. Ishonchim komilki, hammasi yaxshi bo‘ladi," - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi "bo‘rilar" matbuot xizmati.
"Roma" 30 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Fergyuson o‘tgan yozda "Roma"dan ketgan Eldor Shomurodov o‘rniga jamoaga kelgan edi.