"Roma" — "Portu" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.
"U gol urmaganidan xafa bo‘ldim. Chunki Shomurodov maydonda juda ko‘p harakat qiladi. U mehnat qilishdan to‘xtamaydigan futbolchi. Men uni yaxshi ko‘raman. U har doim hammaga yordam berishga tayyor. Eldor nafaqat qattiq mehnat qiladi, balki uning texnikasi va maydonni ko‘rish qobiliyati ham yuqori". — dedi "bo‘rilar" ustozi.