Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Reuters: YEIning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga 1,65 mingga yaqin shaxs va tashkilot kiritiladi

Reuters: YEIning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga 1,65 mingga yaqin shaxs va tashkilot kiritiladi

Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchilari 7 oktyabr kuni Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini kelishib olishni rejalashtirmoqda. Yangi cheklovlar ro‘yxatiga 1,65 mingga yaqin yangi tashkilot va jismoniy shaxs kiritilishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters yevropalik diplomatlarga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatga kiritiladigan tashkilotlar va shaxslarning aksariyati harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘liq.

EI elchilari sanksiyalar ro‘yxatini ma’qullaganidan so‘ng, hujjat 12 oktyabr kuni yakuniy tasdiqlash uchun Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlariga taqdim etiladi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas 22-sanksiyalar paketi 2022 yildan buyon eng keng ko‘lamlisi bo‘lishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar ostidagi rossiyalik jismoniy shaxslar, kompaniyalar va tashkilotlar soni birdaniga uchdan birga ko‘payadi.

Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketi 23 iyul kuni qabul qilingan edi. Undan Rossiya va Belarus neft sohalari, banklar va to‘lov tizimlari, Moskva birjasi va kriptovalyuta infratuzilmasi, suyultirilgan tabiiy gaz bozori, transport sektori hamda metallurgiya sanoatiga nisbatan cheklovlar o‘rin olgan.

Kiritildi: 23:45 06.10.2026. O'qildi: 139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!