Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Respublikadagi barcha "yashil" texnikumlarga o‘qituvchilar ishga qabul qilinadi!

Respublikadagi barcha "yashil" texnikumlarga o‘qituvchilar ishga qabul qilinadi!

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University") huzurida ochilgan "yashil" texnikumlarga o‘qituvchi-pedagoglar ishga qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 25 martdagi 110-son qaroriga muvofiq, respublikamizning barcha hududlarida "yashil" texnikumlar faoliyati tashkil qilinmoqda. Texnikumlarda quyidagi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yilgan:

— Laborant-ekolog;
— Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga xizmat ko‘rsatish;
— O‘simliklar himoyasi laboranti;
— Baliqchilik va akvakultura ishchisi;
— Intensiv bog‘lar laboranti;
— Elektrobuslar, elektromobillar va elektroskuterlar servisi;
— Kompyuter tarmoqlari va IT-servis;
— Asalarichi;
— Grafik va dizayn texnologiyasi;
— Sanoat ekologiyasi operatori;
— O‘rmonchilik va ko‘kalamzorlashtirish laboranti;
— Meteorologiya;
— Issiqxona va parnik xo‘jaligi laboranti;
— Kimyoviy suv tozalash apparatchisi;
— Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi;
— Aloqa operatori;
— Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
— Buxgalteriya hisobi va audit;
— Gidrometeorologiya;
— O‘simlikshunoslik;
— Dasturiy injiniring;
— O‘rmonchilik va ekologiya texnigi;
— O‘simliklar himoyasi va karantini;
— Zooinjeneriya (faoliyat turlari bo‘yicha);
— Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
— Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari servisi;
— Dendrologiya va landshaft agronomiyasi;
— Dronlarni loyihalash va ekspluatasiya qilish;
— Chiqindilarni qayta ishlash va boshqarish;
— Kadastr;
— Gidrometeorologiyada aloqa va telekommunikasiya;
— O‘rmon xo‘jaligi texnigi;
— Uchuvchisiz uchish qurilmalari ekspluatasiyasi va ularni boshqarish;
— Veterinariya medisinasi;
— Agronomiya (ekin turlari bo‘yicha);
— Gidrologiya.

Texnikumlarda o‘qituvchilar uchun quyidagi qulayliklar yaratilgan:

— Raqobatbardosh oylik maosh;
— Zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari va laboratoriyalar;
— Qulay va innovasion ish muhiti;
— Malaka oshirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
— Ekologiya yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarda ishtirok etish.

Shoshiling! Markaziy Osiyoda ekologiya sohasida yagona universitet jamoasiga qo‘shiling! Zamonaviy ta’lim muhitida faoliyat yuritishni, ekologik tafakkurga ega yosh mutaxassislarni tayyorlashga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz, sizni "yashil" texnikumlar jamoasida kutamiz.

📞 Murojaat uchun: +998 (55) 512-00-77

📧 Elektron pochta: hr@greenuniversity.uz, jjauzb7@gmail.com

Kiritildi: 09:29 01.07.2026. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!