Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Hamyurtimiz OFK tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga nomzod bo‘ldi

Hamyurtimiz OFK tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga nomzod bo‘ldi

Joriy yilning 16 oktyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi. Unda o‘tgan 2025 yilgi yirik musobaqalar, xususan, U-17 va U-20 Osiyo kubogi 2025 va qit’a miqyosidagi xalqaro turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi.

Quvonarlisi, turli yo‘nalishlardagi nomzodlar orasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov (“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”) ham bor.

Sadriddin Hasanovga bu yo‘nalishda Aleks Badolato (Avstraliya) va Hamid Yusuf (Saudiya Arabistoni) raqobat qiladi.

Ma’lumot uchun, Sadriddin Hasanov joriy yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan U-17 Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan edi.

G‘oliblar nomi tantanali marosim davomida e’lon qilinadi. Futbolchimizga omad tilaymiz!

Kiritildi: 23:18 25.09.2025. O'qildi: 9644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!