Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

«Real» yulduzi YECHLda 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

«Real» yulduzi YECHLda 2 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

«Real» fevral oyining ikkinchi yarmida Chempionlar ligasining 1/8 final yo‘llanmasi uchun «Benfika» bilan kuch sinashadi. Har ikkala uchrashuvda madridliklar hujumchi Rodrigosiz maydonga tushishadi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, Rodrigo UYEFA tomonidan ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Braziliyalik futbolchi bunday jazoga umumiy bosqich doirasida «Benfika»ga qarshi kechgan o‘tgan o‘yindagi haqoratli so‘zlari uchun loyiq ko‘rildi. O‘shanda Rodrigo bahs yakunida maydondan chetlatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo o‘sha qizil kartochka uchun «Real» muxlislaridan uzr so‘ragan edi. «Qaymoqranglilar» Lissabonda 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi. Qur’a natijasiga ko‘ra, «Real» va «Benfika» o‘tish bosqichida yana to‘qnash keladigan bo‘lishdi.

Kiritildi: 23:50 05.02.2026. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!