Madridning “Real” klubi 21 yoshli hujumchi Gonsalo Garsiyani sotish yoki ijaraga berish niyatida emas. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Garsiyaning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlari ko‘plab top klublarning e’tiborini tortgan. Biroq “Real Madrid” rahbariyati futbolchini saqlab qolishga qat’iy qaror qilgan. Ammo klub bosh murabbiyi Xabi Alonso Garsiyaning o‘yinidan hayratda qolgan va hatto Kilian Mbappe sog‘lom bo‘lgan taqdirda ham uni asosiy tarkibda sinab ko‘rishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan Mbappe sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab bir necha uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Garsiya esa 5 ta uchrashuvda 5 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan jamoaning g‘alabalariga katta hissa qo‘shdi.