"Real" tarkibini yarim himoyachilardan biri tark etishi mumkin. Ispaniyaning Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Dani Sebalyos klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida "Al-Hilol"ga (1:1) qarshi o‘ynamagan yagona sog‘lom futbolchi bo‘lganidan hafsalasi pir bo‘lgan.
Taxminlarga ko‘ra, Xabi Alonso Sebalyosga umid qilmayapti va klubni maydon markaziga yangi futbolchi sotib olishga majbur qilmoqda. 28 yoshli futbolchi "Real"dan boshqa jamoaga o‘tishga tayyor bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Sebalyosga o‘zi tarbiya topgan klubi - "Betis" qiziqish bildirmoqda, ammo masalaning moliyaviy tomoni muammo bo‘lishi mumkin. Transfermarkt portali Danini 10 million yevroga baholamoqda.