Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" Xoland bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilindi

"Real" Xoland bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilindi

"Manchester Siti"ning yulduz hujumchisi Erling Xoland faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda indykaila manbasi xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi ayni paytda "Real" vakillari bilan ehtimoliy transfer yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Xolandning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi Angliya klubiga Dortmundning "Borussiya" jamoasidan kelib qo‘shilgan edi.

Shu bilan birga, "Manchester Siti" atrofidagi moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq vaziyat ham e’tibor markazida turibdi.

Avvalroq manchesterliklar moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblangan edi. Agar qoidabuzarliklar tasdiqlansa, klub jiddiy sanksiyalarga duch kelishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ehtimoliy jazolar qatorida "Manchester Siti"ni qo‘lga kiritgan chempionlik unvonlaridan mahrum qilish, turnir jadvalidagi ochkolarini kamaytirish va quyi divizionga tushirish kabi choralar tilga olinmoqda.

Hozircha Xolandning "Real"ga o‘tishi bo‘yicha rasmiy kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 23:35 15.11.2026. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik