Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Real" Vinisius uchun juda katta taklif oladi

"Real" Vinisius uchun juda katta taklif oladi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior Saudiya Arabistoni klublarining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

"Qaymoqranglilar" rahbariyati braziliyalik futbolchini o‘z safida olib qolish uchun u bilan yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, RM Confidencial xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni vakillari Vinisius transferi uchun rekord darajadagi 350 mln yevro tayyorlamoqda.

24 yoshli futbolchining "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Forvardning Transfermarkt talqiniga ko‘ra, narxi 200 mln yevroni tashkil qilmoqda.

Kiritildi: 14:07 22.02.2025. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!