Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«Real» Vinisius Juniorning o‘rniga kim kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

«Real» Vinisius Juniorning o‘rniga kim kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior hali ham «Real» bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q va uning 2026 yilda jamoani tark etishi ehtimoli ochiq holicha qolmoqda, deb xabar beradi Transfer News Live.

Braziliyalik futbolchining kelajagi borasidagi noaniqlik fonida «qirollik klubi» rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatga quyidagi futbolchilar kirgan:

Bukayo Saka («Arsenal»)
Luis Dias («Bavariya»)
Dezire Due (PSJ)
Kenan Yildiz («Yuventus»)
Maykl Olise («Bavariya»).

Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:40 12.12.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!