Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» Vinisius bilan yangi shartnoma masalasini yozgacha muhokama qilmaydigan bo‘ldi

«Real» Vinisius bilan yangi shartnoma masalasini yozgacha muhokama qilmaydigan bo‘ldi

«Real» va Vinisius Junior hamkorlikni davom ettirish va shartnomani uzaytirishni istamoqda, deb yozadi ESPN.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki tomon ham hamkorlikni saqlab qolishdan manfaatdor. Biroq shu bilan birga, bu masala atrofida shubhalar ham mavjud.

Futbolchining o‘zi Madridda qolishni xohlaydi, ammo braziliyalik hozircha klubdagi kelajagi borasida aniq kafolatlarni ko‘rmayapti.

Tomonlar 2026 yilgi jahon chempionati startga qadar uzilib qolgan muzokaralarni qayta boshlashi ehtimoli kam. Shu bois Vinisius yangi mavsumni yangi shartnomasiz boshlashi mumkin.

Shu bilan birga, agar barcha tomonlarni qoniqtiradigan taklif kelib tushsa, yozda braziliyalikni sotish ehtimoli ham hali saqlanib qolmoqda.

Joriy mavsumda Vinisius Junior 26 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va sakkizta golli uzatma qayd etgan.

Kiritildi: 23:36 09.01.2026. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!