Ukraina hujumdan oldin Polshani Rossiya tomonidan "Oreshnik" raketasidan foydalanish ehtimoli haqida ogohlantirgan edi. Polsha kuzatuv tizimlari raketaning uchish yo‘nalishini va zarbasini kuzatib borgan.
Bu haqda Polshaning RMF24 nashri xabar berdi.
Ukrainlar polshaliklarni o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalar tahdidi haqida ogohlantirgan. Bundan tashqari, Rossiya hujumi paytida Kiyev Varshavaga raketa haqida ma’lumot ham bergan.
Ogohlantirish tufayli Polsha Qurolli Kuchlarining tezkor qo‘mondonligi yer usti havo mudofaasi tizimlarini jangovar holatga keltirdi. Bunga Polshaning Patriot batareyalaridan biri va Jeshuv yaqinida joylashgan bir nechta Niderlandiya tizimlari kiradi.
Qiruvchi samolyotlar ishlatilmadi, chunki ular zamonaviy gipertovushli raketaga qarshi foydasiz bo‘lar edi.