Bu haqda The Wall Street nashri xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, Eron armiyasi 28 dekabrdan beri mamlakat bo‘ylab davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlarini bostirishda ishtirok etishga tayyor ekanini e’lon qildi. Harbiylar “milliy manfaatlar, strategik infratuzilma va davlat mulkini qat’iy himoya qilishini” ta’kidlab, tartibsizliklarda Isroil va “terrorchi guruhlar”ni aybladi.
Hozirgacha namoyishlarni tarqatishda faqat polisiya va harbiylashtirilgan tuzilmalar qatnashib kelgan edi, deya yozmoqda The Wall Street Journal.
Dastlab iqtisodiy muammolarni hal qilish talablari bilan boshlangan noroziliklar keyinchalik teokratik rejimni tugatish chaqiriqlariga aylandi.
Human Rights Activists in Iran huquqni himoya qiluvchi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 65 kishi halok bo‘lgan, 2300 dan ortiq odam qo‘lga olingan, norozilik akiyalari esa mamlakatning 180 ta shahrida bo‘lib o‘tgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati namoyishlar ishtirokchilaridir.
Time nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, namoyishlarda 200 dan ortiq inson halok bo‘lgan.