Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya tomonidan Lvov viloyatiga «Oreshnik» raketalari bilan berilgan zarbaga izoh berdi:
«Xavfli ruhiy kasallarga yoki mahkamlab qo‘yiladigan kiyim, yoki qutqaruvchi galoperidol ukoli kerak. Xuddi bugun tun “banderachilar” nazoratidagi Ukrainaning g‘arbida bo‘lganidek».
📌 Galoperidol — shizofreniyani davolashda qo‘llaniladigan dori vositasi.
Shuningdek, Medvedev «xalqaro munosabatlar haqiqiy Bedlamga aylandi», deb qo‘shimcha qildi. U buni AQSh tomonidan Nikolas Maduroni o‘g‘irlab ketish hamda «soya floti»ga tegishli tankerlarni qo‘lga olish bilan bog‘ladi.