Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Tez orada Vatanimga qaytishga hozirlik ko‘rmoqdaman"

"Tez orada Vatanimga qaytishga hozirlik ko‘rmoqdaman"

Pahlaviy eronliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida, ayniqsa transport, neft, gaz va energetika sohalarida ishlovchi ishchilar hamda xizmatchilarni umumiy ish tashlashni boshlashga chaqirdi.

Shuningdek, u eronliklarni shanba va yakshanba kunlari bayroqlar, milliy ramzlar va shiorlar bilan ko‘chalarga chiqishga, jamoat joylarini egallab, ularni o‘z hududlariga aylantirishga da’vat etdi.

"Bizning maqsad endi shunchaki ko‘chalarga chiqish emas, balki shahar markazlarini egallash va nazoratda ushlab turishga tayyorgarlik ko‘rishdir", — dedi Pahlaviy.

Bundan tashqari, shahzoda kuch tuzilmalariga murojaat qilib, “xalqning ovozini bostirish mashinasini” sekinlashtirish va izdan chiqarishga chaqirdi. "Shunda vaqti kelib uni butunlay ishdan chiqarish mumkin bo‘ladi", — dedi Pahlaviy.

"Tez orada Vatanimga qaytishga hozirlik ko‘rmoqdaman. Milliy inqilobimiz g‘alabasi soatida Eronning buyuk xalqi bilan birga bo‘lishni istayman", — dedi shahzoda.

Kiritildi: 20:47 10.01.2026. O'qildi: 3401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!