Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Ronaldu "An-Nasr" "Real" futbolchisini olib kelishini istamoqda

Ronaldu "An-Nasr" "Real" futbolchisini olib kelishini istamoqda

Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning tarkibni kuchaytirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Fichajes portali xabariga ko‘ra, 40 yoshli futbol yulduzi "An-Nasr"ni "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olishga chaqirgan. Krishtianuning fikricha, Ryudiger bilan jamoaning o‘yin sifati yuqoriroq bo‘ladi.

Antonio Ryudigerning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Demak, Ryudiger hozirdanoq xorij klublari bilan bemalol muzokara olib borish huquqiga ega. Nemis hatto yozga oldindan shartnoma tuzishi mumkin.

Mart oyida Antonio Ryudiger 33 yoshga to‘ladi.

Kiritildi: 23:47 06.01.2026. O'qildi: 3677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!