2025 yil 30 dekabr kuni 2004 yilda tug‘ilgan shaxs internet ijtimoiy tarmog‘ining «Telegram» messenjeridagi o‘ziga tegishli profil orqali Telegram kanallaridan birining izoh qismida diniy adovatni targ‘ib qiluvchi ma’lumotni tarqatganligi aniqlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudining 2026 yil 9 yanvar kunidagi qaroriga ko‘ra, mazkur shaxsning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184³-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.