Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinda professional faoliyatida 1300-uchrashuvini o‘tkazib, umumiy gollari sonini 956 taga yetkazib oldi.
Bundan tashqari, 40 yoshli hujumchi XXI asrda Yevropaning eng kuchli beshta chempionati o‘yinlarida maydonda o‘tkazilgan daqiqalar soni bo‘yicha jahon futbolida yetakchi hisoblanadi.
Score 90 xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi 75 927 daqiqa ko‘rsatkich bilan reytingda birinchi o‘rinni egallagan. Ronaldu “top-5” ligalaridan uchtasida o‘ynab, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” jamoalari sharafini himoya qilgan.
O‘z davrida “Barselona” va PSJ tarkibida o‘ynagan Lionel Messi bu jamoalar safida eami 70 022 daqiqa harakat qilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi natijani qayd etdi.
Ikkinchi o‘rinda har ikki yulduz bilan bir jamoada o‘ynagan kam sonli futbolchilardan hisoblangan Serxio Ramos turibdi. “Sevilya”, “Real” va PSJda to‘p tepgan ispan himoyachisi maydonda umumiy hisobda 70461 daqiqa o‘ynagan.
XXI asrda Yevropa “top-5” ligalarida eng ko‘p daqiqa o‘tkazgan futbolchilar reytingi: