Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov, agar otasi yoki Putin tomonidan buyruq berilsa, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni harbiy jinoyatchi sifatida Grozniyga olib kelishini ma’lum qildi.
“Biz shunchaki borib, seni olib ketamiz… Bu faqat vaqt masalasi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy AQShni Chechenistonga desant tashlashga va Ramzan Qodirovni Nikolas Maduro kabi qo‘lga olishga chaqirgan edi. Adam Qodirov esa otasi tomonidan Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi sifatida tayinlangan.