Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Italiya Bosh vaziri: "Evropa va Rossiya o‘rtasidagi muloqotni qayta tiklash vaqt keldi, aks holda Putinning qo‘lida o‘ynaymiz"

Italiya Bosh vaziri: "Evropa va Rossiya o‘rtasidagi muloqotni qayta tiklash vaqt keldi, aks holda Putinning qo‘lida o‘ynaymiz"

Italiya Bosh vaziri Djordja Meloni Yevropa Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralarda ta’sir o‘tkazish uchun Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani tiklash vaqti kelganini aytdi.

Italiyaning ANSA nashri xabar berishicha, Meloni bu haqda 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Meloni ilgari Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot zarurligi haqida gapirgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning fikrlarini takrorladi.

"Bu borada, menimcha, Makron haq. Menimcha, Yevropa Rossiya bilan gaplashish vaqti keldi, aks holda bizning ta’sirimiz cheklangan bo‘ladi. Lekin savol shundaki, buni kim qilishi kerak. Biz tartibsiz harakat qilmasligimiz kerak, aks holda biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘lida o‘ynaymiz", deb ta’kidladi Italiya Bosh vaziri.

Kiritildi: 08:30 10.01.2026. O'qildi: 3483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!