Adam Qodirov agar otasi yoki Putin tomonidan buyruq berilsa, Zelenskiyni harbiy jinoyatchi sifatida Grozniyga olib kelishini aytdi — “Strana”.
"Biz shunchaki borib, seni olib ketamiz… Bu faqat vaqt masalasi", — dedi Ramzan Qodirovning o‘g‘li.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Zelenskiy AQShni Chechenistonga desant tushirishga va Ramzan Qodirovni Nikolas Maduro kabi qo‘lga olishga chaqirgan edi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli Adam Qodirov otasi tomonidan Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.