Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" shov-shuvli transfer tayyorlamoqda

"Real" shov-shuvli transfer tayyorlamoqda

Kelasi yozda Yevropa transfer bozorida eng sensasion kelishuvlardan biri pishib yetilish arafasida.

"Cadena SER" ma’lumotlariga ko‘ra, "Real" PSJ yarim himoyachisi Vitinyani transfer qilish uchun faol tayyorgarlikni boshlagan. "Qirollik klubi" portugaliyalik pleymeykerni markazdagi chiziq uchun ideal kuchaytirish deb hisoblamoqda va uni qo‘lga kiritish uchun katta moliyaviy sarmoya kiritishga tayyor.

Vaziyat ma’lum kelishuvlar tufayli biroz osonlashadi. Aytilishicha, Vitinya PSJ rahbariyati bilan kelishib olgan: agar klub taxminan 100 mln yevro atrofida taklif olsa, parijliklar uning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Vitinya Luis Enrike taktik sxemasida muhim o‘rin tutsa-da, moliyaviy shartlar bajarilsa, PSJ uni sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Qayd etish joiz, portugaliyalik yarim himoyachi bu mavsum parijliklar tarkibida 35 o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 19:26 26.02.2026. O'qildi: 1469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik