Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real» prezidenti: Chempionlar ligasi mavsumni qutqarib qoladi!

«Real» prezidenti: Chempionlar ligasi mavsumni qutqarib qoladi!

"Real" prezidenti Florentino Peres hali ham madridliklar joriy mavsumni qutqarib qolishi mumkin, deb hisoblaydi.

Diario AS ma’lumotlariga ko‘ra, Peres joriy kampaniya yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish Xabi Alonso qo‘l ostidagi omadsiz startni yuvib ketadi, deb o‘ylamoqda.

Ayni paytda "Real" Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 6 turdan keyin 12 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda. Ispaniya chempionatida esa madridliklar 48 ochko bilan ikkinchi pog‘onada joylashgan. "Qaymoqranglilar" peshqadam "Barselona"dan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Shuningdek, avvalroq "Real" Ispaniya Kubogining 1/8 final bosqichida musobaqani tark etgani, Superkubok finalida esa "Barselona"ga mag‘lub bo‘lganini ham qayd etish lozim.

Kiritildi: Bugun 10:39. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!