“Real”, “Feyenoord” va Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Royston Drente insultga uchradi. 38 yoshli sobiq futbolchi o‘zini yomon his qilganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani haqida “De Rebellen” klubi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Uning sog‘ligi tabiiyki, jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Futbolchining oilasi tinchlikka chaqirib, shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘radi. Ular shunday sharoitda unga to‘liq qo‘llab-quvvatlash va sog‘ayish uchun qulay muhit yaratishni xohlamoqda.
Hozirda u sobiq professional futbolchilar to‘planib o‘ynaydigan Niderlandiyaning “De Rebellen” klubi sharafini himoya qilmoqda.