Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda bank xodimasiga hukm o‘qildi

Qashqadaryoda bank xodimasiga hukm o‘qildi

Qashqadaryoda fuqarolarning imzolarini soxtalashtirib, ularning nomiga kreditlar rasmiylashtirgan bank xodimasiga hukm o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qamashi tumanidagi banklardan birida mutaxassis lavozimida ishlab kelgan 25 yoshli ayol shu tumanda yashovchi shaxs nomiga 17 million, G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro nomiga 32 foizlik 40 million, Dehqonobodlik mijoz nomiga 14 million, yana bir fuqaro nomiga 17 million so‘mlik kredit mablag‘larini ulardan bexabar rasmiylashtirgan. U ushbu harakatini fuqarolarning imzolarini soxtalashtirish orqali amalga oshirgan.

Unga nisbatan sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan 1 yilu 2 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Qashqadaryoda bank xodimasiga hukm o‘qildi

Kiritildi: 10:31 20.10.2025. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!