Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp samolyotdan tushadigan joyga qaratilgan snayperlik minorasi aniqlandi

Tramp samolyotdan tushadigan joyga qaratilgan snayperlik minorasi aniqlandi

AQSh Maxfiy xizmati Floridadagi aeroport qarshisida Tramp samolyotdan tushadigan joyga qaratilgan snayperlik minorasini aniqladi, deb xabar bermoqda ABC News.

Telekanal xabariga ko‘ra, AQSh Maxfiy xizmati xodimlari Floridadagi Palm-Bich aeroporti yaqinida Donald Tramp tashrif buyurishidan bir kun oldin, prezident Air Force One samolyotidan tushadigan joyga qarab turgan "shubhali minora"ni topgan.

FQB direktori Kesh Patelning aytishicha, hozircha minoraning biror-bir shaxsga aloqasi borligi aniqlanmagan.

NBC News telekanalining tergov jarayonidan xabardor manbasiga ko‘ra, minora aeroportning xususiy samolyotlar, jumladan, Trampning shaxsiy samolyoti turadigan hududidan yo‘lning narigi tomonida joylashgan.

Kiritildi: 17:30 20.10.2025. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!