Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Budapesht tinchlik uchrashuvi o‘tkazish uchun eng yaxshi joy emas"

"Budapesht tinchlik uchrashuvi o‘tkazish uchun eng yaxshi joy emas"

Zelenskiy Ukraina qo‘shinlari Donbassdan olib chiqilmasligini yana bir bor ta’kidladi. "Rossiyaning talablariga qaramay, Donbassda ortga chekinmaymiz. Nuqta", — dedi Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan muloqotda.

Vladimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

◾️ Putinga Donbassning o‘zi kerak emas, bu faqat “muvaffaqiyat illyuziyasini yaratish usuli”. Biroq hech kim bir necha yildan so‘ng uning yana oldinga yurmasligiga kafolat bera olmaydi;

◾️ Pokrovsk yo‘nalishida vaziyat og‘ir, Kupyanskda esa holat biroz yaxshilangan;

◾️ Ukraina har yili Patriot tizimlarini oladi, hozircha 25 ta tizim uchun shartnoma tayyorlanmoqda;

◾️ Hozirgi kunda Ukraina 28 ta davlat bilan ikki tomonlama xavfsizlik bitimlariga ega;

◾️ Menimcha, prezident Tramp ruslar bilan uchrashuv oldidan ziddiyatni kuchaytirishni istamayapti, shuning uchun Ukrainaga Tomahawk'lar berish masalasida hali aniq qaror qabul qilinmayapti;

◾️ Budapesht tinchlik uchrashuvi o‘tkazish uchun eng yaxshi joy emas, chunki Vengriya bosh vaziri Viktor Orban doim Ukrainaga to‘sqinlik qilib keladi;

◾️ Agar meni Tramp va Putinning uchrashuvida qatnashish uchun Budapeshtga taklif qilishsa, albatta boraman;

◾️ Suhbatlar chog‘ida Rossiyaning hududlar almashinuvi bo‘yicha haqiqiy niyatini aniqlashga urindim, ammo ularning aniq pozisiyasi hanuzgacha noma’lum;

◾️ Putin Trampga Tomahawk'lar masalasi va uning ritorikasi sababli qo‘ng‘iroq qilgan. Ruslar AQSh prezidentining bu raketalar bo‘yicha qaroridan qo‘rqmoqda, bu aniq;

◾️ Rossiya yana “Ukraina yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rayapti” va “o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor emas” degan soxta rivoyatni ilgari surmoqda;

◾️ Hindiston Rossiya energiya resurslarini kamroq sotib ola boshladi, ammo bu ma’lumot hali tasdiqlanishi kerak;

◾️ Putin Rossiya resurslaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib Qo‘shma Shtatlarga ta’sir o‘tkazmoqda, Ukraina esa o‘zini sotmaydi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi asosiy prinsipial farq.

Kiritildi: 14:42 20.10.2025. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!