Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Real" futbolchilariga BMW avtomobillari sovg‘a qilindi. Kim qaysi modellarni tanladi?

"Real" futbolchilariga BMW avtomobillari sovg‘a qilindi. Kim qaysi modellarni tanladi?

Madridning "Real" klubiga homiylik qiluvchi BMW kompaniyasi futbolchilarga mashina sovg‘a qildi.

Kelishuv doirasida nemislarning mashina ishlab chiqaruvchi BMW kompaniyasi har yili jamoa o‘yinchilari va murabbiylariga avtomobil taqdim etadi. Bu yil "Real" a’zolariga gibrid elektromobillar berildi.

Eng mashxur model 135 ming yevrodan boshlanadigan BMW i7 bo‘ldi. Bu rusumdagi avto ulovlarni Kilian Mbappe, Vinisius, Arda Gyuler, Eder Militao, Dani Karvaxal, Antonio Ryudiger, Alvaro Karreras, Endrik va Raul Asensio kabi o‘yinchilarga taqdim etildi. Shuningdek, bosh murabbiy Xabi Alonso ham shu modeldan oldi.

Tibo Kurtua, Jud Bellingem, Rodrigo, Din Xyoysen, Braim Dias va Ferlan Mendiga mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi, narxi 200 ming yevrogacha bo‘lgan XM modelini oldi.

100 ming yevro atrofida bo‘lgan avtomobillarni Franko Mastantuono (i4 taxminan 50 ming yevro), Trent Aleksandr-Arnold va Eduardo Kamavinga (iX taxminan 80 ming yevro) hamda Gansalo Garsiya (i5 taxminan 70 ming yevro) avtomobillarini tanlashdi. Andrey Lunin esa 160 ming yevrodan qimmat turuvchi M5 modelini oldi. Qolgan futbolchilarning tanlovi oshkor qilinmadi.

Kiritildi: 23:45 16.10.2025. O'qildi: 16793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!