Fransiyaning BFMTV telekanali sariq nimchali erkak Apollon galereyasidagi vitrinani ochayotgani aks etgan videoni namoyish etdi.
Telekanal tomonidan e’lon qilingan videoda o‘zini muzey ishchisi sifatida ko‘rsatgan bir erkak Luvrdagi “Apollon” galeriyasidagi vitrinani buzib, eksponatlarni olib ketayotgani tasvirlangan. Bu paytda atrofdagi odamlar unga e’tibor bermagan.
Taxminlarga ko‘ra, erkak o‘zini muzey xodimi sifatida ko‘rsatgan va zal bo‘ylab erkin harakatlangan.
Qayd etilishicha, hozir galereyada kriminalistlar ishlamoqda, ular DNK izlarini yig‘ishmoqda va dalillarni qidirishmoqda.