Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

APL. Abduqodir Husanovning eng qimmat futbolchilar reytingidagi o‘rni aniq bo‘ldi

APL. Abduqodir Husanovning eng qimmat futbolchilar reytingidagi o‘rni aniq bo‘ldi

Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi futbolchilari qiymatini yangiladi.

Reytingning birinchi pog‘onasini 200 million yevro narx bilan «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland egalladi.

Ikkinchi o‘rinni «Arsenal» vingeri Bukayo Saka va «Liverpul» forvardi Aleksandr Isak band etishgan — ularning har biri 140 million yevroga baholangan.

APLda eng arzonlashgan futbolchilar sifatida «Manchester Siti» yarim himoyachilari Fil Foden va Rodri qayd etilgan: endilikda Fodenning bahosi 80 million, Rodriniki esa 90 million yevroni tashkil etadi.

Shuningdek, «shaharliklar» safidagi yana bir futbolchi — O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham 35 million yevro narx bilan APL futbolchilari reytingining 45-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 23:30 17.10.2025. O'qildi: 5242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!