Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukrainadagi urush Kiyevning ayrim hududlarni yo‘qotishi bilan yakunlanishi mumkin — Donald Tramp

 Ukrainadagi urush Kiyevning ayrim hududlarni yo‘qotishi bilan yakunlanishi mumkin — Donald Tramp

AQSh prezidenti bu fikrni Fox News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

Donald Trampning intervyusidan boshqa iqtiboslar:

◾️ Hozirda Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga ham Tomahawk raketalari zarur, shuning uchun Kiyevning Tomahawk yetkazib berish haqidagi so‘rovlarini bajarish qiyin;

◾️ Ukraina mojarosini hal qila olishimga ishonaman;

◾️ Men ikki haftadan so‘ng Si Jinpin bilan uchrashishim mumkin. Mazkur uchrashuv natijasida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarining keyingi rivoji aniq bo‘ladi;

◾️ Pekin Vashingtonni qo‘shimcha 100 foizlik import boji joriy etishga majbur qildi;

◾️ Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasida hammasi yaxshi bo‘ladi, lekin bizga adolatli savdo kelishuvi zarur. Men Xitoyni yo‘q qilish niyatida emasman, faqat savdo aloqalarini muvozanatga keltirish tarafdoriman;

◾️ HAMAS ixtiyoriy ravishda qurollarini tashlashiga shubham bor. Agar HAMAS qurollarini tashlamasa, ularni “boshqa kuchlar” qurolsizlantiradi. AQSh G‘azoga o‘z qo‘shinlarini kiritmoqchi emas.

Kiritildi: 11:52 20.10.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!