"Bu mavzu Rossiya-AQSh munosabatlari davomida turli jihatlar bilan bir necha bor ko‘tarilgan va Rossiya tomoni har safar javob bergan. Bu javob yaxshi ma’lum: Rossiya pozisiyasining izchilligi o‘zgarmaydi", – dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning tegishli savoliga javoban.
Avvalroq Donald Tramp Ukraina va Rossiya harbiy harakatlarga yakun yasash uchun hozirgi front chizig‘ida urushni to‘xtatishi kerakligini aytgan edi.
O‘tgan hafta esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonda Oq uy rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi va unga ham xuddi shunday taklif berildi. Shundan so‘ng, G‘arb ommaviy axborot vositalari o‘z manbalariga tayanib, ushbu uchrashuvda Tramp Zelenskiyni o‘t ochishni to‘xtatish va Rossiya armiyasining Zaporoje hamda Xerson viloyatlaridagi front uchastkalaridan qisman olib chiqilishi evaziga Ukraina qo‘shinlarini Donesk viloyatidan olib chiqishga rozi qilishga uringani haqida xabar berdi.
Zelenskiy bunday kelishuvni mutlaqo rad etdi. Rossiya esa o‘ziga qo‘shib olishga urinayotgan hududlardan Ukraina qo‘shinlarining olib chiqib ketilishni talab qilishda davom etmoqda.