Braziliyalik vinger Rodrigo katta ehtimol bilan "Real"da qoladigan bo‘ldi. Bu haqda Football España nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" 24 yoshli futbolchini sotish fikridan qaytgan. Bunga yangi bosh murabbiy Xabi Alonso ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, u o‘z intervyusida Rodrigoni saqlab qolish istagini bildirgan. Ta’kidlanishicha, endi "Real" futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi.
2019 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib kelayotgan Rodrigo bu mavsumda barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golga hammualliflik qildi.