Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Real"ning isroillik muxlisi Mbappe "Barselona" darvozasiga penaltidan gol ura olmaganidan so‘ng vafot etgan

"Real"ning isroillik muxlisi Mbappe "Barselona" darvozasiga penaltidan gol ura olmaganidan so‘ng vafot etgan

"Real"ning isroillik muxlisi Igal Brodkin Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi o‘yinda tribunada vafot etdi, deb xabar beradi sport.es.

Qayd etilishicha, o‘yinning 52-daqiqasida "qaymoqranglilar" hujumchisi Kilian Mbappening penaltidan urolmagan golidan keyin 50 yoshli muxlis hushidan ketgan. Boshqa muxlislar va "Real" darvozaboni Tibo Kurtua bosh hakamga o‘yinni to‘xtatish kerakligi haqida signal bergan, ammo bu amalga oshmagan.

Stadion tibbiy xizmatchilari Brodkinga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. Bemor shifoxonaga yotqizilgan, biroq bir necha soatdan so‘ng u kasalxonada vafot etgan.

O‘yin 26 oktyabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobida "Real"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kiritildi: 19:00 01.11.2025. O'qildi: 998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!