Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

«Real» muxlislari braziliyalik yulduzining jamoadan ketishini istashmoqda

«Real» muxlislari braziliyalik yulduzining jamoadan ketishini istashmoqda

Madridning "Real" klubi muxlislari braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni sotib yuborish tarafdori. Bu haqda Marca gazetasi xabar berdi.

O‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, "qirollik klubi" muxlislarining 86 foizi hujumchini jamoada ko‘rishni ortiq istamaydi. Braziliyalik futbolchining "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Hujumchining narxi 150 million yevroga baholanmoqda.

Vinisius joriy mavsumning birinchi yarmida Madrid grandi safida 22 ta uchrashuv o‘tkazdi. Hujumchi beshta gol va yettita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 14:18. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!